Ukraina O‘zbekiston shakar importini to‘xtatganidan shikoyat qildi

Ukrainada ishlab chiqarilgan shakar O‘zbekistonda tushirilmayapti va raztamojka qilinmayapti, deb arz qilmoqda Ukraina milliy shakar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi
Sputnik

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Qator nashrlar Ukraina O‘zbekiston shakar importini to‘xtatgani haqida shikoyat qilgani haqida xabarlar e’lon qildi.

O‘zbekiston o‘zga mamlakatlar bilan munosabatlarda vazminlik bilan ish tutadi – bosh vazir

Aytilishicha, "Ukrsukor" - Ukraina milliy shakar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi shakar O‘zbekistonda yukdan tushirilmayotgani va raztamojka qilinmayotgani haqida bayonot bilan chiqqan.

"Shakar importining bu tariqa favqulodda to‘xtatilishi avval imzolangan shartnomalar shartlari bajarilmasligiga olib keladi. Oxirgi yarim yilda shakar importchisi asosan O‘zbekiston bo‘lganini inobatga olsak, Ukraina asosiy "bozori"dan mahrum bo‘lmoqda", degan "Ukrsukor" vakili.

2017—2018 yillarda Ukraina tashqi bozorlarga 560,4 ming tonna shakar yetkazib bergan. Xususan, O‘zbekistonga 79,1 million dollarga 209,9 ming tonna shakar import qilingan.