TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Farg‘onaning Rishton tumanida soxta MIB xodimi qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, tuman IIBga 7-noyabr kuni shu xususda ariza kelib tushgan.
Arizachi ayol shu yil 1-noyabr kuni o‘zini Abror Toshmatov deb tanishtirgan noma’lum shaxs MIB xodimi qiyofasida gaz va elektr ta’minotidan qarzdorligini aytib, undan 330 ming so‘m olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyat Rishton tumanida yashovchi "Toza Hudud" DUK haydovchisi Sh.J. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Gumondor ushlangan.