O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi

Mudofaa vazirligi yangi bayroq va emblemasini namoyish etdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining yangi  bayrog‘i va emblemasini tasdiqladi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik bayrog‘i ko‘k rangdagi to‘rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqdagi ko‘k rang hokimiyat, ulug‘vorlik, qadr-qimmat, kuch va qudratni ifoda etadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi

Bayroqning old va orqa tomoni markazida geraldik belgi — Mudofaa vazirligining emblemasi tasvirlangan. Mudofaa vazirligining geraldik belgisi — emblemasi esa sariq va ko‘k rangli aylana tasmasi bo‘lgan sariq rangdagi doiradan iborat.

Emblemaning ichki qismida qadim zamonlarda davlatchilik, barkamollik, birlik va lashkarlik ramzini anglatuvchi, shuningdek, qadim Sharq davridan ilmiy me’morchilikning asosiy elementi bo‘lmish sakkiz qirrali yulduz joylashgan. Yulduzning burchaklari o‘rtasida zarrin rangdagi nurlar taramlari mavjud.

Sakkiz qirrali yulduzning o‘rtasida otda savlat bilan o‘tirgan buyuk sarkarda Amir Temur tasvirlangan.