Olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi dori ishlab chiqishdi

Yaqin kunlarda Larotrectinib preparati sotuvga chiqishi mumkin. Bu Amerika dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ma’qullandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. AQShda olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi bitta dorini taqdim qilishdi - Larotrectinib preparati yaqin kunlarda sotuvga chiqariladi, deya xabar qilmoqda "Farmatsevticheskiy vestnik" nashri.

Ushbu preparatni Loxo Oncology Inc kompaniya mutaxassislari ishlab chiqishdi. Ular ko‘plab saraton xastaligining asosida nodir genetik mutatsiya (o‘zgaruvchanlik) borligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangi dorini sotuvga chiqarish va tatbiq etish Bayer AG kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Larotrectinib preparati yaqinda Amerika dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ma’qullandi.

Shifokorlar ko‘krak bezi saratonining yana bir sababini aniqlashdi

O‘zbekistonda onkologiyaga qarshi faol kurash olib borilmoqda. Yosh oyida saraton kasalligiga qarshi dori ishlab chiqarish rejalari ma’lum qilingandi. Har yil mamlakatda 18-19 ming nafar insonga ushbu dahshatli diagnoz qo‘yiladi. Bugungi kunda 100 ming nafarga yaqin kishi davolanmoqda.

Avvalroq Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uyg‘onuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi  ayollarga nisbatan 40-48 % ga kamroq ko‘krak bezi saratoni duchor bo‘lishdan yiroq bo‘lishlarini aniqlashgani haqida xabar qilingandi.