Moskvada o‘zbekistonlik o‘qituvchi haqida film namoyish qilinadi

Moskvada 9-14 dekabr kunlari festival bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik rejissor Alesandr Novikov-Yanginov suratga olgan “Yulduzlar” nomli film “Starker” inson huquqlari haqida xalqaro kino festivalida namoyish qilinadi.

Ushbu festival Moskvada 9-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Yulduzlar” nomli filmi o‘zbekistonlik o‘qituvchi haqida, u qizini davolash uchun pul ishlab topish maqsadida Moskvaga keladi.

Filmdagi bosh qahramon rolini rossiyalik aktor Viktor Suxorukov ijro etgan.

Ushbu filmni Moskva kino uyida 10-dekabr kuni soat 19-00 da tomosha qilish mumkin. Barcha tomoshabinlarga kirish bepul.

“Stalker” festivalida har yili inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan 120 dan ortiq filmlar qatnashadi.