TOShKENT, 29 noya – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov oqilona soliq siyosati qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirdi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga ko‘ra, vazir bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan "2019-2021 yillarga mo‘ljallangan tizimli islohotlar asosiy yo‘nalishlarining yo‘l xaritasi" taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda gapirgan.
Qo‘chqorov fikriga ko‘ra, soliq ma’murchiligi qanday bo‘lishi kerakligi haqida aniq fikr aytish juda qiyin.
“Biz haliyam soliq inspeksiyasini kelib, pulimizni olib qo‘yadigan o‘ziga xos politsiya deb hisoblaymiz. Shunday bo‘lishi kerakmi? Ehtimol, ha shunday bo‘lishi kerak. Biroq unga kadar shunday tizim yaratilishi kerakki, toki vijdonli soliq to‘lovchilar majburlashsiz soliqlarni to‘lashsin, o‘zlari xohlab to‘lashsin”, - deya tushuntirdi vazir.
Moliya vazirining fikriga ko‘ra, faqat shundan keyin, ya’ni ikkinchi qadam sifatida keskin soliq siyosatini yurg‘izish mumkin.
Bunda mavjud bo‘lgan fiskal imtiyozlar tartibga solinishi zarur, soliq siyosati esa – soliq tizimining barqarorligi va prognozini ta’minlashi kerak, deb hisoblaydi moliya vaziri.
O‘zbekistonda qabul qilinadigan "2019-2021 yillarga mo‘ljallangan tizimli islohotlar asosiy yo‘nalishlarining yo‘l xaritasi" o‘z ichiga beshta yo‘nalishlarni oladi. Xususan, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, raqobatbardosh bozor siyosatiga o‘tish jarayonini tezlashtirish, ijtimoiy himoyani mustahkamlash, bozor iqtisodiyotida davlat rolini kuchaytirish, shuningdek, atrof muhitdan foydalanish samaradorligini ko‘paytirish nazarda tutilgan.