TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Gruziyada yangi prezident saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Kecha bo‘lib o‘tgan saylovning 99,7 % bulletenlari hisobiga ko‘ra, mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 59,56 % ovoz to‘plab g‘alabaga erishdi,” – deyilgan xabarda.
Natijalar bo‘yicha unga eng yaqin kelgan nomzod Grigol Vashadze 40,44% ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Bu Gruziyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichi edi. Unda Zurabishvili uchun 1,14 million saylovchilar, Vashadze uchun esa — 778 ming kishi ovoz bergan. Dastlabki hisobga ko‘ra, saylovda 56,23% saylovchilar ishtirok etgan.
Gruziyada prezident 6-yil mamlakatni boshqaradi. Bu mamlakatda o‘tkazo‘ilgan eng so‘nggi umumxalq saylovi bo‘ladi. Keyingi prezidentlar 300 nafar deputatlar tomonidan saylanadi.