Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashmasligi mumkin – OAV

Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalarini hibsga olinishi tufayli Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Argentinada 30-noyabr - 1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkinligini ma’lum qildi WP nashri.

“Balki, men uchrashuv o‘tkazmayman.. Menga bu agressiya yoqmayapti. Men umuman agressiyani xohlamayman”, - dedi Tramp.

Shuningdek, AQsh prezidenti Milliy xavfsizlik xizmatidan bo‘lib o‘tgan hodisa haqida yaqin kunlarda “batafsil hisobotni”kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Oldin xabar berganimizdek, siyosatshinos Yuriy Svetovning fikriga ko‘ra, Ukraina tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya maqsadlaridan biri – bu G20 sammitida Tramp va Putinning uchrashuv rejalarini barbod qilish bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga bo‘ysunishmagan, oqibatda esa qo‘l olinganlar. Kerch sudi uch nafar yaralangan ukrainalik dengizchilarni ikki oyga hibsga oldi.