Markaziy bank oltin va kumush tangalarining sotish narxlarini e’lon qildi

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.
Sputnik

 

TOShKENT, 28 noya – Sputnik.  O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining sotish narxlari e’lon qilindi.

O‘zbekistonda oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Tangalarning narxlari quyidagicha belgilandi:

1 dona oltin tanganing sotish narxi – 12.700.000,00 so‘m;

1 dona kumush tanganing sotish narxi – 236.000,00 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.

Esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.