“O‘zavtosanoat” uchta dilerlik korxonalari ulushini sotuvga qo‘ydi

Tashkilot shu tariqa kompaniya dilerlik markazlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashni maqsad qilib qo‘ygan.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlarni sotish uchun auksionga qo‘ydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. 

Auksionda sotuvga qo‘yilgan dilerlik korxonalar ro‘yxati quyidagicha: Sirdaryo viloyatidagi “Oqoltin Avtotexservis” MChJ, Jizzax viloyatidagi “Jizzax Avtotexxizmat” MChJ va Samarqand viloyatidagi “Samarqand Avtotexxizmat” MChJ.

“O‘zavtosanoat” AJ ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, dilerlik korxonalari o‘rtasida raqobatni oshirish, jumladan to‘liq xususiy dilerlik korxonalari sonini oshirish yo‘li bilan bosqichli ishlarni amalga oshirish maqsadida shunday qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Savdo 2018-yilning 26-dekabrida bo‘lib o‘tadi.