Yuriy Stoyanov videosi: o‘zbeklar – dono, buyuk va juda kamtarin xalqdir

Rossiya xalq artisti urush yillarida uning oilasiga yordam bergani uchun o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi.
Sputnik

Ijtimoiy tarmoqda Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov O‘zbekiston oldida qarzdor ekanligini tan olganligi haqida video rolik paydo bo‘ldi.

“Men Odessada tug‘ilib, butun umr Moskva va Peterburgda yashagan odam O‘zbekiston haqida gapishirim uchun hayron bo‘lmanglar. Aynan shu mamlakat tufayli men Odessada tug‘ilganman”, - dedi aktor videoda.

Urush yillarida artistning onasi oilasi bilan Stalingraddan Toshkentga evakuatsiya qilingan.

“Mening onam o‘zbek o‘qituvchisi oilasiga tushgan, uning yettita farzandi bo‘lgan. 1943-yilda o‘qituvchi u maktabga borish vaqti kelganda, yagona bo‘lgan dasturxondan sumka, uning turmush o‘rtog‘i esa uyda yagona pardadan kuylak tikib bergan”, - deydi aktor.

Stoyanovning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchining katta oilasi har doim yerda yetgan, uning onasi esa – karavot to‘shakda yotgan.

Stoyanov "o‘zbeklar – noyob, dono, buyuk va juda kamtarin xalqdir", - deb alohida ta’kidlaydi.