TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi “Fortuna” xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in kelib chiqqan, deb qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. Yong‘indan xonalardan birining shifti va devorlari zarar ko‘rdi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining biror bir xodimi va tarbiyalanuvchisi yong‘indan zarar ko‘rmaganligi ma’lum qilindi.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, konditsioner elektr simidagi qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgan.