Toshkentning ayrim ko‘chalari transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

“PROlogue-2018” Xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan seshanba kuni 4 ta ko‘cha berkiladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. 27 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida "PROlogue-2018" Xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan, teatr atrofidagi quyidagi ko‘chalar transport vositalari harakati uchun soat 17.00 dan 20.00 gacha vaqtinchalik berk bo‘ladi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Toshkentda avval yopib qo‘yilgan ko‘cha mashinalar harakati uchun ochildi

Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha;

Buyuk Turon ko‘chasi – Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Zarafshon ko‘chasi – Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Buxoro ko‘chasi – Zarafshon ko‘cha

Toshkentning ayrim ko‘chalari transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

sidan Amir Temur ko‘chasigacha yo‘llar berkiladi.

“PROlogue-2018” IV  Xalqaro kinofestivalini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimiyati, Kinematografiyani rivojlanlantirish markazi, O‘zbekiston Milliy kinokomissiya va Yosh kinoijodkorlar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etgan.

Taniqli o‘zbek rejissori, xalqaro kinofestivallar sovrindori Ayub Shahobiddinov xalqaro hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etadi.