Moskva metrosida O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

Yugo-Zapadnaya bekatida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi poyezd yo‘liga qulab tushib qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Seshanba kuni soat 17:00 lar atrofida Moskva metrosining Yugo-Zapadnaya bekatida yo‘lovchi poyezd yo‘liga qulab tushdi, deb xabar qilmoqda metro politsiyasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, mashinist temir  yo‘lga qulab tushgan fuqaroni ko‘rib keskin tormozni bosgan,  lekin poyezd inersiya kuchi bilan yo‘lovchini bosib ketgan.

Voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib kelgan politsiya xodimlari tez yordam chaqirgan, lekin yo‘lovchi olgan jarohatlaridan vafot etgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha u 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Shundan so‘ng metroning "Prospekt Vernadskogo", "Rumansevo", "Salaryevo" va "Yugo-Zapadnaya"bekatlari bir soat davomida yopib qo‘yilgan. Poyezd haydovchisi aytishiga qaraganda, qurbon bo‘lgan fuqaro o‘zini poyezd ostiga tashlagan.

Ayn damda huquqni salash organlari ushbu ish yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Ular guvohlarni so‘roq qilish va kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib chiqishmoqda.