Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda

"Turkiyaga kelgan odamlar o‘z bilganicha harakat qilishgan, deb o‘ylamayman. Ularning bunga jur’ati yetmasdi. Ammo dalilsiz biron narsa deya olmayman", - deb qo‘shimcha qildi vazir
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu jurnalist Jamol Xashoggining tanasini musiqa sadolari ostida burdalashgan, deb hisoblaydi. RIA Novosti xabariga asosan.

Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi?

"Men ularning (audioyozuvlarini — tahr.) eshitdim. Uni yetti daqiqada o‘ldirishdi. Bu oldindan rejalashtirilgan qotillik edi… Sud tibbiy eksperti qay tarzda boshqalarga yo‘riqnoma berayotganini eshitish mumkin: ular jurnalist tanasini burdalayotgan vaqtlarida musiqa tinglashlari kerak. Bundan u go‘yo rohatlanganini sezish mumkin", - dedi Chavushoglu Suddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.

"Turkiyaga kelgan odamlar o‘z bilganicha harakat qilishgan, deb o‘ylamayman. Ularning bunga jur’ati yetmasdi. Ammo dalilsiz biron narsa deya olmayman", - deb qo‘shimcha qildi vazir.

Amerikaning Washington Post nashrida faoliyat yuritgan Jamol Xashoggi 2017-yildan AQShda istiqomat qilgan, 2-oktabr kuni Turkiyada Saudiya Arabistoni elchixonasi bosh konsulligi binosiga kirganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Saudiya Arabistoni mahalliy OAVlari 20-oktabrga o‘tar kechasi mamlakat bosh prokuraturasining xabarini tarqatishdi, xabarga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Xashoggining o‘lgani, uning o‘limiga esa konsullik vakillari bilan janjal sabab bo‘lgani aytilgan edi.

Turkiya tomoni Saudiya Arabistonidan jinoyatda aybdorlarni Anqaraga topshirishni, shuningdek, Xashoggi tanasi ko‘milgan joy haqida ma’lumotni oshkor etishni talab qilmoqda.