Yo‘lovchilarga o‘simlik mahsulotlari olib kelish ta’qiqlandi - TIV

O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchilar tomonidan o‘simlik mahsulotlari olib kelish vaqtincha ta’qiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Rossiga kelayotgan fuqarolarni qanday mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirish ta’qiqlangani haqida ogohlantirdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar jomadonlari va qo‘l yuklarida o‘simlik mahsulotlari olib kelish vaqtincha ta’qiqlangan.

“O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar yuklari orasida Rossiya Federatsiyasi uchun karantinda bo‘lgan obyektlar aniqlangani sababli, 2012-yil 16-aprelda imzolangan VII Konvensiya normalariga muvofiq, Rossiya O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar yuklarida o‘simlik mahsulotlari olib kirishni vaqtincha ta’qiqlaydi”, - deyilgan Rossiya Qishloq xo‘jalik nazoratining Fitosanitariya nazorati xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu cheklov nafaqat O‘zbekiston uchun balkim Tojikiston va Ozarbayjondan kelayotgan fuqarolar uchun ham kiritilgan. Afg‘oniston, Pokiston va Hindistondan o‘simlik mahsulotlari olib kirish mutlaq ta’qilangan.