Yangi Zelandiyada ommaviy o‘z joniga qasd qilish: yuzdan ortiq delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Hozircha olimlar delfinlarning ommaviy o‘z joniga qasd qilish sababini aniqlashmadi. O‘tgan dam olish kunlari ekologlar bo‘lib o‘tgan hodisadan juda kech xabar topishdi va yordam bera olishmadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Yangi Zelandiyaning Styuart oroli qirg‘og‘iga o‘tgan dam olish kunlari kamida 145 ta qora delfin o‘zini otdi. Bu haqda Radio New Zealand xabar qildi.

Hodisa 24-noyabr, shanba kuni sodir bo‘lgan. Ikkita delfinlar to‘dasi o‘zini orolning g‘arbiy qismidagi Meyson ko‘rfazi janubiy qismidagi qirg‘oqqa chiqarib tashlagan.

Ular topilgan vaqtga kelib, delfinlar yarmi halok bo‘lgan. Qolgan delfinlarning ahvoli yomonlashgani va borish qiyin joyda bo‘lganliklari sababli o‘ldirishga majbur bo‘lingan.

“Afsuski, qolgan delfinlarni yana suvga tushirish ehtimoli juda kam edi. Shunga qaramay, bu doimo yurakni larzaga soladigan qarorlardan biridir”, - deb tushuntirdi orol atrof-muhitini muhofaza qilish vazirligining vakili Ren Leppens.

Yangi Zelandiya kitlar va delfinlar o‘z joniga qasd qilish joyi bo‘yicha yetakchidir. Hozirgacha olimlar hayvonlarning bunday ommaviy o‘z joniga qasd qilishiga aniq sababini topa olishmadi. Ularni akula to‘dasi yoki harbiy kema texnik qurilmalari qo‘rqitgan deb taxmin qilish mumkin xolos.