Tramp zarur bo‘lsa Meksika bilan chegarani yopishga va’da berdi

Amerika prezidenti qochoq maqomini olish huquqiga ega bo‘lganlargina AQShga kiritilishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Donald Tramp noqonuniy migrantlar bilan kurashish uchun zarur bo‘lsa Meksika bilan chegarani yopishga va’da berdi.

“Agar bu biror bir sabablarga ko‘ra zarur bo‘lsa, biz janubiy chegarani yopamiz. O‘n yillik buzishilishdan keyin (immigratsiya qonunlari) Qo‘shma shtatlar bu serxarajat va xavfli vaziyatga ortiq chiday olmaydi!”, – deb yozdi Tramp Twitterda 

U qochoq maqomini olish huquqiga ega bo‘lganlargina AQShga kiritilishini qo‘shimcha qildi.

“Janubiy chegaradagi migrantlarning har birini talabini sud qondirmaguncha, AQShga qo‘yishmaydi. Biz davlatimizga faqat qonuniy kiruvchilarni kiritamiz”, – dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Markaziy Amerikaning eng qashshoq davlatlari – Gvatemala, Gonduras va Salvadorning minglab fuqarolari piyoda yo‘l bosib AQSh va Meksika chegarasida to‘planishgan. Ular AQShdan qochqin maqomini olib u yerda yashashga qolishga umid qilishmoqda. Ularning aksariyatiga qochqin maqomi berilmasa nima bo‘lishi noma’lum.

Tramp zarur bo‘lsa Meksika bilan chegarani yopishga va’da berdi