TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 27-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,67 so‘mga ko‘tarilib, 8 299,20 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 39,99 so‘mga kamayib, 9 411,29 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 17 tiyinga pasayib, 125,39 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.