O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonga nota yubordi

O‘zbekiston qo‘shni mamlakatni Qurolli kuchlarida jangovar tayyorgarlikni tekshirish bo‘lib  o‘tishi haqida ogohlantirdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston TIViga nota yo‘lladi, deb xabar qilmoqda qo‘shni mamlakat tashqi ishlar muassasasi.

Nota orqali O‘zbekiston Qirg‘izistonni 26-noyabr kuni Qurolli kuchlar jangovar tayyorgarligini tekshirish bo‘lib o‘tishi haqida ogohlantirgan.

“Tekshirish O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar holatini baholashga qaratilgan va boshqa mamlakatlar manfaatlariga zid emas”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Qirg‘iziston tomon taaluqli muassasalarga tegishli topshiriqlarni bergan.