Oliy Majlis hayvonlarni himoya qilish haqidagi petitsiyani ko‘rib chiqadi

O‘zbekistonda shu vaqtga qadar hayvonlarni odamlarning shafqatsiz munosabatida himoya qiluvchi qonun bo‘lmagan.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Mening Fikrim tashabbuslar saytida qoldirilgan murojaatnoma (petitsiya) 10 000 dan ko‘p ovoz to‘pladi, endi O‘zbekiston  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish haqidagi qonun loyihasini ham ko‘rib chiqadi.

“Oxirgi vaqtda O‘zbekistonda ko‘plab progressiv qonunlar qabul qilindi, lekin bizning mamlakatda shu vaqtga qadar hayvonlar va odamlar orasidagi munosabatni belgilovchi qonun bo‘lmagan. Shu sabab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat, aybdorlarni jazoga tortish mexanizmining yo‘qligi – bugungi kunning qayg‘uli haqiqatidir”, - deb yozgan petitsiya tashabbuskorlari.

Shuningdek,  bugungi kunda qarovsiz qoldirilgan uy hayvonlarining nazoratsiz ko‘payishi, ularning qarovsiz daydib yurishi, qarovsiz qolgan uy hayvonlarini vaqtincha saqlash punktlarining yo‘qligi kabi holatlarga qarshi kurashish uchun qonuniy asos kerak.

Petitsiya mualliflari fikriga ko‘ra, qabul qilinadigan qonun quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

  • Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish;
  • Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan javobgarlik chorlarini kuchaytirish;
  • Uysiz qolgan hayvonlarning ko‘payishini nazorat qilish dasturini qabul qilish;
  • Uysiz havonlarning qonuniy mavqeyini belgilash va ularni vaqtincha saqlash punktlari ochish;