Raqqosa to‘yda antiqa va xavfli uslubda raqs ijro etdi - video

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida antiqa uslubda ijro etilgan raqs videosi paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya  — Sputnik. O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari Facebookda raqqosa to‘yda antiqa uslubda o‘yinga tushishi tasvirga olingan videoni joylashtirishdi.

To‘ylardan birida ayol raqqosa tepa qavatdagi temir ustunga chiqib, xavfli uslubda raqs ijro etdi.

Video ostida o‘zbekistonliklar ko‘plab izohlar qoldirishmoqda.

“To‘ylarimizda yana bir innovatsiya paydo bo‘lganga o‘xshaydi”, - deb yozgan mushtariylardan biri.