Tramp noqonuniy migrantlarni otishga ruxsat berdi - Topornin

AQSh prezidenti Donald Tramp chegaradagi harbiylarga migrantlarga qarshi qurol ishlatishga ruxsat berdi. Siyosatshinos Nikolay Toporninning fikriga ko‘ra, bu Trampning noqonuniy migrantlar yo‘liga katta to‘siq qo‘yishdagi qat’iyligini tasdiqlaydi.
Sputnik

Sputnik radio efirida ekspert so‘zlariga ko‘ra, Amerikada ancha jiddiy vaziyat yuzaga kelgan: Meksika tomonidan Amerika chegarasiga noqonuniy migrantlar karvoni yaqinlashmoqda va chegaraga birinchi ming kishi allaqachon yetib kelgan.

“Shu vaqtgacha harbiy va chegarachilarga AQSh hududiga noqonuniy kirish holatida o‘q otish taqiqlangandi. Biroq hozir Amerika chegarasiga ming nafar migrant kelgan. Ularning bir qismi qurolga ega bo‘lib, ular chegaradan o‘tish uchun qurolli kuch ishlatishi ehtimoldan xoli emas. Tramp endi harbiylarga o‘ta og‘ir vaziyatlarda himoyalanish maqsadida o‘q otish mumkinligi to‘g‘risida buyruq berdi. Ushbu chora favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladi”, - deydi Topornin.

Ekspert fikrini to‘liq quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Tramp noqonuniy migrantlarni otishga ruxsat berdi - Topornin