Surxondaryoda ichki ishlar xodimi xizmat mashinasida YPX inspektorini urib yubordi

Termiz shahar prokuraturasi tomonidan ishchi ishlar xodimiga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Surxondaryoda 10-noyabr kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida YPX inspektori vafot etdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 10.11.2018 yil soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan “Damas” rusumli, 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPH katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Samarqandda Lacetti haydovchisi uch nafar talaba qizni urib yubordi

P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 19.11.2018 yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 19.11.2018 yildagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, kuplab suyak sinishi jaroxatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.11.2018 yilda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.