Go‘zal birinchi xonim meni o‘zbekka aylantirdi - hindistonlik dizayner

Hindistonlik dizayner Ritu Beri Instagramdagi sahifasida Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga tushgan suratni joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Shu yil 22-noyabr kuni Tashkent Fashion Week-2018 moda haftaligining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva ham tashrif buyurdi.

Hindistonlik dizayner Ritu Beri Instagramdagi sahifasida Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga tushgan suratni joylashtirdi.

Tadbirda hindistonlik dizayner Ritu Berining 7 xil rangdagi yangi liboslari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

“Go‘zal birinchi xonim meni o‘zbekka aylantirdi. Qisqa, ammo yodda qoladigan tashrifning mukammal yakuni” – deb yozgan hindistonlik dizayner.

Toshkent moda haftaligi 21-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Xitoy elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Xitoy moda kuni va Xalqaro forum o‘tkaziladi. Unda dizayn va dizayn-ta’limida innovatsiyalar muhokama qilinadi. Italiya, Hitoy, Koreya va Rossiyadan sohaning mashhur vakillari tadbirga maxsus mehmonlar sifatida taklif qilingan.