Yil oxiriga qadar Toshkentda kamondan otish sport majmuasi ochiladi

2018 yil oxiriga qadar kamondan otish yangi sport inshootini foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Yil yakuniga qadar Toshkentda yana bir zamonaviy sport inshooti bunyod etiladi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Badantarbiya va olimpiya markazlari: sport sohasi bo‘yicha topshiriqlar berildi

Ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida jahon standartlariga javob beradigan kamondan otish bazasining qurilish ishlari olib borilmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov mazkur bazaning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirgan. Inshoot shu yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur sport inshooti qurib bitkazilganidan so‘ng, bu yerda xalqaro sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bazada sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kamondan otish federatsiyasi ham ana shu yerda joylashadi.