Namanganlik fuqaro o‘z ukasining qotiliga aylandi

Tashqi ko‘rinishdan jarohatsiz bo‘lgan jasadning boshining ichki qismiga jarohatdan yetkazilgani aniqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘z ukasini o‘ldirdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishiga ko‘rayu, jasadi tashqi ko‘rinishdan jarohatsiz holda topilgan, lekin o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi boshi ichki qismiga yetkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida shu yilning 15-noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida o‘zaro janjal tufayli uni yuzi va boshiga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.