Sagalayev: O‘zbekiston mustaqil televideniyesi - bu mamlakatning katta yutug‘idir

Rossiya teleradio milliy assotsiatsiyasi prezidenti Eduard Sagalayev hokimiyat tepasiga Shavkat Mirziyoyev kelishi bilan mamlakatda, jumladan televidenie cohasida ham ijobiy o‘zgarishlar boshlanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Sputnik

Sputnik O‘zbekiston radio efirida Eduard Sagalayev barcha televidenie xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi. Shuningdek, televidenie mamlakatda zamonaviy darajada faoliyat yuritayotganini qayd etdi.

“O‘zbek televideniyesi jahon tendensiyalaridan aslo ortda qolayotgani yo‘q. U zamonaviy darajada qilinmoqda, unda rang-barang dasturlar o‘rin olgan. Lekin eng asosiysi – bu O‘zbekistonda xususiy televidenie mavjud!... Bu mamlakatning ulkan yutug‘idir. Davlat televideniyesi ham yuqorida darajada ishlamoqda”, - deydi suhbatdosh.

To‘liq suhbatni quyidagi audiopodkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Sagalayev: O‘zbekiston mustaqil televideniyesi - bu mamlakatning katta yutug‘idir