Moskvada patent narxi yana ko‘tariladi

Shahar ma’muriyati olingan daromadni ijtimoiy sohaga sarflashni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Moskvada 2019-yil 1-yanvardan patent narxi 500 rublga qimmatlashadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

O‘zbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

Shunday qilib, yangi yildan patent narxi besh ming rublni tashkil etadi.

Iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiya raisi Lyudmila Guseva ta’kidlashicha, narxning ko‘tarilishi Moskvaga “tegishli ma’lumotga ega, shahrimizda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mehnat migrantlari kelishlari kerak”giga bog‘liq.

Bundan tashqari, Guseva so‘zlariga ko‘ra, shahar ma’muriyati ushbu mablag‘ni Moskvada yanada qulayroq sharoit yaratish, jumladan xorijliklar uchun ham ijtimoiy ehtiyojlarga sarflaydi.