Ipoteka-banki “Yunistrim” bilan ish faoliyatni 22-noyabrdan tiklaydi

Ipoteka-banki mutasaddi xodimi “Yunistrim” bilan ish faoliyatni to‘xtatilishi haqidagi xabarga izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Ipoteka-bank ayrim OAVlarda vaqtinchalik “Yunistrim” bilan ish faoliyatni to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi.

Bankda “Yunistrim” bilan ish faoliyat vaqtincha to‘xtatilganligi, biroq bu xakerlik hujumlar bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilindi.  

“Biz “Yunistrim”dan xavfli jo‘natmalarni olmadik. Hozirgi vaqtda shartnomalarni qayta ko‘rib chiqayotganligimiz sababli vaqtincha to‘xtatilgandi. Ertadan “Yunistrim” bilan to‘liq ish faoliyatni qayta davom etadi”, - deb ma’lum qilishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Ipoteka-banki bosh ofisida.

Bundan avval O‘zbekistonda Ipoteka-bank “Yunistrim” bilan xakerlik hujum oqibatida ish faoliyat to‘xtatilganligi haqida xabar paydo bo‘lgandi.