TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkentda ichki ishlar xodimlari metro bekatlariga kirish joyida navbatchilik qilmaydi, deb xabar qilmoqda uz24.uz nashri Ichki Ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
“Ayni damda IIB xodimlari “Uzbekiston”, “Milliy bog” va “Mashinosozlar” bekatlari tashqarisida navbatchilikni to‘xtatishgan. Keyinchalin barcha bekatlar tashqarisida navbatchilik to‘xtatiladi, lekin metroning ichki bekatlarida navbatchilik davom etadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar xavfsizlik maqsadida Toshkent metropoliteniga kirish joyida va metro ichida barcha yo‘lovchilarning sumkalari tekshirilar edi.