Saratovga 20 tonna O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar kiritilmadi

Mahsulotda zarur bo‘lgan markirovka bo‘lmagan.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rosselxoznadzor inspektorlari O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna quritilgan mevalar kiritilmadi. Mahsulotlar Qozog‘iston orqali olib kirilgan.

Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

Hududiy davlat tuzilmasi matbuot xizmat ma’lum qilishicha, mahsulotning  markirovkasi o‘rnatilgan talablarga javob bermagan. Bundan tashqari, mahsulotda eksport va import qiluvchilar haqida ma’lumot bo‘lmagan.

Inspektorlar quritilgan mevalar partiyasini Qozog‘istonga qaytarib jo‘natishga majbur bo‘lishdi.

O‘tgan haftada Chelyabinsk viloyatida Rosselxoznadzor xodimlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasida xurmo yuklatilgan 10 ta furani qaytarib yuborishdi. Bu xurmolar O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan.

Haydovchilarda kerakli sertifikat va yashiklarda mahsulot nomlanishi, ishlab chiqarigan mamlakat va joyi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan.