Rossiya migrantlar pul o‘tkazmalarini rublga o‘tkazmoqchi - ekspert

"Yunistrim" pul o‘tkazmalar tizimiga naqd valyuta almashtirish nega ta’qiqlandi ?
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. “Yunistrim” kompaniyasiga naqd xorijiy valyuta almashtirishga qo‘yilgan taqiq, birinchi navbatda Rossiyaning dollarga qarshi siyosati bilan bog‘liq, deb taxmin qildi QBF kompaniyasi vitse-prezidenti Vladimir Maslennikov.

“115-Federal qonun - noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish  va terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurashga mo‘ljallangan. Lekin odamlar birinchi navbatda buni iqtisodda dollardan voz kechish bilan bog‘liq deb o‘ylashadi”, - deb tushuntirdi ekspert.

Ekspert fikriga ko‘ra, naqd dollarga oborotiga kiritilayotgan cheklovlar Rossiya Markaziy bankining rublni MDHda yanada mashhurroq qilishga urinishi bilan bog‘liq.

“Mening fikrimcha, buni yetarlicha baland va tushunarli ma’lum qilishdi... Bu butunlay mantiqiy pozitsiya”, - deb qo‘shib qo‘ydi Maslennikov.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Markaziy banki "Yunistrim" pul o‘tkazish tizimiga “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Federal qonunni buzgani uchun yarim yilga naqd valyuta almashtirishni taqiqlagan.

Rossiya migrantlar pul o‘tkazmalarini rublga o‘tkazmoqchi - ekspert