O‘zbekiston Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati sayti ishga tushdi

Idora o‘zining internet sahifasida fuqarolar bilan yong‘in oldini olish maqsadida ogohlantirish ishlarini olib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekiston IIV davlat yong‘in xavfsizligi xizmati veb-sayti ishga tushdi.

Fuqarolar idora ishlari bilan saytida tanishishlari mumkin.

Yangi saytda bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yangiliklar, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirib boriladi.

Shuningdek, saytda yong‘in statistikasi va FH profilaktikasi haqida ma’lumotlar keltiriladi.