Dollar va yevro ko‘tarildi – O‘zbekiston yangi valyuta kurslari

O‘tgan haftada dollar kursi 21,30 so‘mga ko‘tarilib, 8 271,27 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 20-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6,26 so‘mga ko‘tarilib, 8 277,53 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi 76,63 so‘mga oshib, 9 451,28 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 3,77 so‘mga ko‘payib, 125,56 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.