TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Forbes jurnali har yillik eng ko‘p haq oluvchi ayol xonandalarining reytingini nashr etdi.
Reyting birinchi qatorini amerikalik qo‘shiqchi Keti Perri egallagan. Uning bir yillik daromadi qariyb 83 million dollarni tashkil etgan. Daromadining asosiy manbai uning Witness tur konsertlari bo‘lgan.
Nufuzli ro‘yxatning ikkinchi o‘rini amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftga nasib etgan. Forbes uning daromadini 80 million dollarda baholagan. Teylorning Reputation albomi bir hafta ichida ikki milliondan ziyod nusxada sotilgan.
Uchinchi o‘rinda 60 million dollar daromad bilan Beyonse joy olgan. O‘tgan yili xonanda reyting birinchi o‘rinini zabt etgandi.
To‘rtinchi o‘rinda qo‘shiqchi Pink joylashgan, uning daromadi 52 million dollarni tashkil etgan.
Ledi Gaga 50 million dollar bilan beshinchi o‘rinni egallagan.
Forbes keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jennifer Lopes 47 million dollar ishlab topgan.
Rianna – 37,5 million dollar
Xelena Fisher - 32 million dollar.
Selin Dion - 31 million dollar.
Britni Spirs o‘zining 2018-yildagi 30 million dollar daromadi bilan o‘rinchi o‘rindan joy olgan.
Reyting Forbes jurnali tomonidan xonandalarning 2017-yil 1-iyundan 2018-yil 1-iyungacha bo‘lgan davrda topgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldin reytingda Beyonse yetakchilik qilgandi, keyin ro‘yxatda qo‘shiqchi Adel (bu yil ro‘yxatga kirilmagan) va Teylor Svift o‘rin olgandi.