TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Kecha Oliy Majlisning qonunchilik palatasida bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Muhokamalar davomida Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Bosh vazirga murojaat etib, Ukrainaning o‘zbek avtomobillariga nisbatan qo‘ymoqchi bo‘layotgan cheklovlariga qarshi yaqinda deputatlarning munosabati va bildirgan taklifi bo‘yicha Hukumat tomonidan qanday choralar ko‘rish rejalashtirilayotganligini so‘radi. Deputat o‘z so‘zida agar zarur bo‘lsaHukumat Ukraina mahsulotlari importining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanliginibildirib o‘tdi.
Bosh vazir deputatning ushbu taklifiga javoban mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida uzoq va yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarniolib borishga alohida e’tibor qaratilayotganligi va shu bois, Ukraina parlamenti tomonidan ko‘tarilib Ukraina hukumatiga kiritilgan O‘zbekiston avtomobillariga qarshi cheklov o‘rnatish bo‘yicha choralarga qarshi har qanday chora qo‘llashda vazminlik va bosiqlik bilan ish tutish zarurligini ma’lum qildi.
Hukumat rahbari o‘z so‘zida ayni vaqtda O‘zbekistondagi tegishli vazirlik va idoralar Ukraina tomoni bilan mazkur masalada aniq yechimga kelish ustida ishlayotganligi va yaqin vaqt ichida tomonlar o‘zaro manfaatli to‘xtamga kelinishiga ishonch bildirdi.