TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning birinchi yarmida Kanadaga boradi, deb xabar qilmoqda Tashqi Ishlar vazirligi.
Bu haqida O‘zbekistonning elchisi Javlon Vaxabov va Kanada general-gubernatori bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Kanada general gubernatorining rasmiy rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning, rezidensiyasi Vashingtonda bo‘lgan, Kanadagagi elchisi Javlon Vaxabov Kanada rahbari Juli Payettga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Uchrashuv davomida Juli Payett “O‘zbekiston o‘zining buyuk tarixi va dunyoning o‘ta muhim hududida strategik joylashuvi” tufayli dunyoga mashhur dedi.
Shuningdek, Kanada rahbari sobiq astronavt, “O‘zbekiston ilmi faini koinotni o‘rganishda katta ulush qo‘shganini, buyuk o‘zbek olimi, Mirzi Ulug‘bekning “Ziji Kuragoni” asari koinot eshigini Galileoning teleskopidan 150-yil oldin ochganini” aytib o‘tdi.