Grozniyda xudkush-terrorchi ayol politsiyaga hujum qildi  

Grozniydagi portlashda xudkush-terrorchidan boshqa hech kim zarar ko‘rmadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Shanba, 17-noyabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida politsiya nazorat punkti yaqinida xudkush - terrorchi  o‘zini-o‘zi portlatib yubordi, deb xabar qilmoqda Ria Novosti.

“Shanba kuni soat 16:00 lar atrofida Grozniy shahrining Staropromislovsk tumanidagi KPP yaqinida noma’lum ayol kishi o‘zini-o‘zi portlatib yubordi. Portlashda xudkush-terrorchidan boshqa hech kim zarar ko‘rmadi”, deyilgan xabarda.  

Keyin ma’lum bo‘lishicha, ushbu terrorchilikni sodir qilgan fuqaro – 25 yoshli Karina Spiridonova bo‘lgan. U Adigeya respublikasida tug‘ilib o‘sgan, doimiy yashash joyi Chelyabinsk viloyati bo‘lgan. So‘nggi yillarda Dog‘istonda yashagan.

IIV xabarida ushbu hodisa tafsilotlari quyidagicha keltirilgan: 21 sonli federal postga yaqinlashib kelayotgan ayol kishining noodatiy hatti-harakatini ko‘rgan huquqni saqlash organlari vakillari undan to‘xtab hujjatlarini ko‘rsatishni so‘ragan. Ayol kishi to‘xtash o‘rniga qadamini tezlatgan. Shunda politsiyachilar osmonga o‘q uzgan, ayol esa - o‘zini portlatib yuborgan. Politsiyachilarning to‘g‘ri hatti-harakati tufayli terrorchi politsiya postiga yaqinlashtirilmagan.