Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Mushtlashuvda 28 va 159 maktabning olti nafar o‘quvchisi va bir nafar litsey tinglovchisi ishtirok etdi. Voqea sabablarini tergov davomida aniqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida 14-noyabr kuni maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

O‘yindan o‘t chiqdi: internetda to‘yda yuz bergan ommaviy mushtlashuv videosi tarqaldi

Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, boshlangan mojaroda olti nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Mushtlashuv oqibatida 16 yoshli ikki nafar 28-maktabning o‘quvchisi – o‘rta og‘irlikdagi jarohatlarni olishdi.

Shuningdek, uch nafar o‘smirlar 16 yoshli va 14 yoshli 159-maktab o‘quvchilari va 16 yoshli akademik litsey tinglovchisi Jinoyat kodeksining “bezorilik” moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etida gumonlanuvchi deb topildi.

Tergov davomida mushtlashuvning sabablari va motivlari aniqlanadi.