Shahlo Ahmedova litsenziyasi to‘xtatilishi haqidagi xabarga izoh berdi

Xonanda bo‘lib o‘tgan hodisa haqida Rossiya OAVlardan xabardor bo‘ldi va ushbu hodisa haqida Instagram sahifasida izoh yozdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Xonanda Shahlo Ahmedova 16-noyabr kuni Instagramdagi o‘z sahifasida “Letnie dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilinishi haqidagi xabar bo‘yicha izoh yozdi. 

“Ochig‘ini aytsam, sodir bo‘layotgan hodisadan shokdaman”, - deb yozdi o‘zbek xonandasi. O‘z postiga xabarning skrinshotini, smaylik va bir necha xeshteglarni qo‘shib qo‘ygan.

Instagram foydalanuvchilari uning izohiga turlicha munosabat bildirishgan, aksariyat mushtariylar Ahmedovani qo‘llab-quvvatlashgan. Instagramda bu masala bo‘yicha munozara avjiga chiqqan.

“Klip menga juda yoqdi, hech qanday nojo‘ya harakatlarni men ham, do‘stlarim ham ko‘rishmadi”, - deb yozadi aleksey.shinyaev.

“Yaxshi klip, hech qanday uyatli joyi yo‘q”, - deb tasdiqlaydi raimkulovanvar.

“Menimcha, “O‘zbekkonsert” majlislarida barcha xonandalarni qanday kliplarni  olish mumkin va mumkin emasligi haqida ogohlantirishsa kerak”, - deb qo‘shimcha qildi nigamad19882106.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada  Shahlo Ahmedova “Letnie dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilingandi.