Qozog‘istonda yana bir chempion pichoqlab o‘ldirildi

Semey shahrida ko‘mir uchun navbatda turgan vaqtda yuzaga kelgan mushtlashuvda qozog‘istonlik dzudochi Jasulan Abiyev o‘ldirildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Ushbu holat 13-noyabr kuni sodir bo‘ldi. Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, dzudochi ko‘mir uchun navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan.

Mushtlashuv oqibatida sportchiga pichoq bilan og‘ir jarohat yetkazildi.

Jasulan Abiyev 33 yoshda edi. U Qozog‘istonda dzudo bo‘yicha vazni 60 kilogacha bo‘lgan toifada Qozog‘iston chempioni va turli musobaqalarning ko‘p karra sovrindori bo‘lgan. 

Abiyev 2010-yilda sportdan ketib, biznes bilan shug‘ullanishni boshladi. U Stepnoy qishlog‘ida istiqomat qilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida Semey shahrida istiqomat qiluvchi 24 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Qotilga 12-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan suddan oldin tergov ishi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, iyulda Olma-otada qozog‘istonlik figuristi, Sochidagi Olimpia o‘yinlari bronza g‘olibi Denis Ten o‘ldirilgandi. U ham ikki nafar kishi bilan yuzaga kelgan mushtlashuvda jabrlangandi.