O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi

Uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi, bosh kotibning maxsus vakili hamda Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. 2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka yetkazib berishni boshladi

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki hamda transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkek shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tgandi.