Toshkentlik jozibador pianinochi ajoyib video bilan o‘rtoqlashdi

Lola Astanova ijtimoiy tarmoqlarda minglab kuzatuvchilarga ega. Uning videolarini millionlab odamlar tomosha qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Taniqli pianinochi Lola Astanova royalda turli musiqalarni yuqori mahorat bilan ijro etadi.

Lola Astanova Instagram sahifasida navbatdagi video bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Lola Astanova turli xorijiy mamlakatlarda katta konsertlar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda minglab kuzatuvchilarga ega, uning videolarini millionlab odamlar tomosha qiladi.

Lola Astanova Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini tamomlagan. U 6 yoshidan boshlab mashhur pedagog Tamara Popovich qo‘l ostida pianino chalishni o‘rgangan.