Tojikistondan O‘zbekistonga kelgan vagon ichida avtomat patroni aniqlandi

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga yashirincha kirib kelayotgan o‘q-dori to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bojxona “Lirika” va “Tramadol” dorilari bo‘yicha ogohlantirish berdi

Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yuk poyezdining vagonlaridan biri  bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur vagonning ko‘z ilg‘amas, xufiya joyiga ayyorona tarzda joylangan 1 dona 7,62mm. kalibrli Kalashnikov avtomatining patroni borligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil oktabr oyida Turkiya va Rossiyadan kelgan yo‘lovchilariga tegishli bo‘lgan yuklar orasida 35 dona travmatik qurol o‘qlari va 1 dona 12 mm. kalibrli patron borligi aniqlangandi.