Tojikistonda “IShID” g‘oyalarini targ‘ib qilgan o‘qituvchiga 19-yil qamoq jazosi berildi

O‘qituvchi yuqori sinf o‘quvchilarini terrorchilik tashkiloti qatoriga jalb etgan. U joriy yilning iyul oyida hibcga olingandi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Tojikistonda ingliz tili o‘qituvchisi Jahongir Qosimov maktab o‘quvchilarini IShIDga yollash bilan shug‘ullangani uchun qattiq tartibli koloniyada 19-yil qamoq jazosini o‘tashga hukm qilindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Qirg‘iziston koloniyadagi ison tufayli Tojikiston bilan chegarada hushorlikni kuchaytirdi

Shuningdek, to‘rt nafar o‘quvchilar ham qamoq jazosiga mahkum etilgan. Jinoyat ishida jami 10 nafar ayblanuvchilar bor. Ularning hammasi olti oydan qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Qosimov 2018-yil iyul oyida Dushanbeda qo‘lga olingan. Tergov jarayonida jihod g‘oyalarini targ‘ib qilganiga iqror bo‘lgan. U targ‘ibotchilar bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan, keyinchalik uning iziga davlat maxsus xizmati xodimlari tushishgan.

Joriy yilning noyabr oyida Bishkekda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari maslahatlashuvi bo‘lib o‘tgandi. Yig‘ilganlar jahon va Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini muhokama qilishgan.

Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, ekstremizm va radikal oqimlarining faollashishiga mahalliy qurolli nizolari ko‘maklashmoqda.