Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog‘un GESini ishga tushirdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rog‘un GESining birinchi agregatini ishga tushurdi. Uning qurilishi 1976-yildan boshlangan.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik.  Tojikiston prezidenti Imomali Rahman Rog‘un GESini ishga tushirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Tantanali ochilish marosimiga qo‘shni davlatlar vakillari, xususan CASA-1000 loyihasi davlat a’zolari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlat vakolatxonalari va 30 ta yetakchi xorijiy OAVlar kelishdi.

Rog‘un GES qurilishi 1976-yilda boshlangan.

Rog‘un gidroelektrostansiyasi – Vaxsh darosidagi 9-chi kaskada GES hisoblanadi. U Dushanbedan 110 km sharqda joylashgan. GES loyihasi bo‘yicha u 6 ta agregatdan iborat, har birining quvvati 600 MVtni tashkil qiladi.   

Stansiya tosh-quyma to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. U dunyoda bunday turdagi GESlar orasida eng baland bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha stansiya quvvati 3600 MVt  tashkil qilib, u Markaziy Osiyoda eng yirik GES bo‘ladi.