O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti bu ishni Qoraqalpog‘istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq aholisiga qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida maslahat berdi

“Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti bu ishni Qoraqalpog‘istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi.

Taklifni barcha katta xursandchilik bilan qo‘llab-quvvatlagach, prezident soha mutasaddilariga bu bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Kelgusi yili Qoraqapog‘istonda 2 ming 400 o‘rinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha ta’lim va sog‘likni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.