Damas va Labo bo‘yicha ariza qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi

Ayni damda barcha arizalar kompaniya tomonidan xronologik tarzda, ular qoldirilgan sanaga qarab tahlil qilinyapti.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi Damas va Labo avtomobillarini sotib olish uchun arizalar qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi.

GM Uzbekistan ilk bor turbodvigatelli avtomobilni test-drayvdan o‘tkazdi

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan avtomobillarining onlayn xaridi bo‘yicha yangi Uzavtosavdo.uz tizimi ishga tushirilganidan boshlab “Damas” va “Labo” avtomobillariga bo‘lgan arizalar inventarizatsiya qilinganligini ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda ushbu avtomobillar bo‘yicha 128 274 ta ariza kelib tushgan, ularning 99 563 donasida Damas, 28 711 tasida Labo sotib olish istagi bildirilgan.

2018 yil 7-noyabr kuni “O‘zavtosanoat” AJda bo‘lib o‘tgan press-brifingda ma’lum qilinganiday, ushbu modeldagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmi 2018-yilda 42 ming donani tashkil qiladi, ushbu ko‘rsatkichni 2019-yilda 54 mingga yetkazish ko‘zda tutilgan.

“Kompaniya ushbu modellarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha qo‘lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi”, - deyilgan xabarda.

GM Uzbekistan “shapkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo‘ydi

Ayni damda barcha arizalar kompaniya tomonidan xronologik tarzda, ular qoldirilgan sanaga qarab tahlil qilinyapti.
Shunday qilib, 2018-yilning 8-noyabr holatiga xronologik tartibda ariza qoldirgan sanalar bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun 27 000 dona shartnoma mavjud.

Ushbu shartnomalar 2019-yilning 6 oylik ishlab chiqarish hajmini o‘z ichiga oladi. Ushbu xaridorlar yozma va SMS tarzda bildirish olishadi.

“Mavjud arizalar bo‘yicha tekshiruvlar ohiriga yetkazilmagunga qadar ushbu modeldagi avtomobillarga yangi arizalar qabul qilinishi vaqtincha to‘xtatiladi”, - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.