Xorazmlik qiz dubaylik millionerga turmushga chiqdi - video

Internet foydalanuvchilari bu kelin kuyovlarni hazil tariqasida "Otello va Dezdemona" deb izoh yozishgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Facebookdagi Uzbek Video guruhi “Xorazmda shov-shuvga aylangan to‘y. Xorazmlik xonanda dubaylik millionerga turmushga chiqdi”- nomli videoni joylashtirdi.

Videoda kelin kuyovlari yaqinlari tabriklayotganini ko‘rish mumkin.

Internet foydalanuvchilari video ostida ko‘plab izohlar qoldirishmoqda.

Aksariyat mushtariylar yoshlarga oilaviy baxt tilashgan.

Ayrim foydalanuvlar esa kuyovning dubaylik millioner ekanligiga shubha qilib, tuydan keyin kelin kuyov Nigeriyaga ketishini tahmin qilishgan.